You are currently viewing Giyohvandlik – asr  vabosi

Giyohvandlik – asr vabosi

    Giyohvandlikka qarshi kurashish, ularning zararli oqibatlaridan kishilarni xabardor qilish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish doimiy va muhim faoliyat turlaridan biridir.

   Chunki, asr vabosi – giyovandlikka chalingan kimsalar oilasining tinchi buzilayotgani, farzandlarining qarovsiz qolayotgani, o‘zlari esa salomatligini yo‘qotib, bevaqt o‘lim topayotgani hech kimga sir emas.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Giyohvandlik va psixotrop vositalarini tarqalishiga qarshi kurash tezkor profilaktik tadbir o‘tkazildi.

1-son davolash fakulteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tadbirda davolash dekani K. Axmedov, dekan o‘rinbosari A. G‘oziyeva, tyutor M. Haydarqulova hamda filial psixologi G. G‘oziyeva ishshtirok etishdi.

Tadbirda giyohvandlikning zararli oqibatlari xususida talabalarga tushuncha berildi.