Bugun TTA Termiz filiali Pediatriya hamda Davolash-2 fakulteti 5-kurs talabalari ishtirokida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish oyligi” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda TTA Termiz filiali profilaktika inspektori M.O.Qamariddinov, TTATF Davolash-2 fakulteti dekan o’rinbosarlari F.N.Xaitov va A.U.Ibragimovlar hamda TTATF Davolash-2 fakulteti 80 nafar talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yoshlar orasida narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash, giyohvand moddalar xususan, sintetik vositalar, elektron sigaretalar, ularning turlari, inson salomatligi uchun zarari va giyohvand moddalarga berilib qolishning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir so’ngida kelgusida bizning oliygohda jinoyat va huquqbuzarlikka yo`l yo`q shiori ostida yurishlari ta`kidlab o`tildi.