Dunyodagi har bir inson hayot haqqi, ya’ni yashash huquqiga egadir. Vaqt hayot demakdir. O‘tayotgan har bir daqiqa-yu soniya, soat, kun, inson umrining xatosiz o‘lchovidir.Shuning uchun kishi hamisha yaxshi amallarni bajarishi, ezguliklar qilishga harakat qilishi zarur.
TTA Termiz filiali xotin qizlar kengashi , tyutorlari hamda talaba qizlari ishtirokida “Hayot insonga berilgan eng oliy ne’mat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida hayot o‘tgan kunlar bilan emas, balki esda qoladigan daqiqalar bilan o‘lchanishi, shuning uchun har bir kunni, soatni, daqiqani esda qoladigan qilish kerakligi, besamar o‘tkazmaslik lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, har bir ish oldindan aniq belgilab olingan tartib-rejalar bilan amalga oshirilsagina maqsadga muvofiq bo‘lishi borasida ham so‘z yuritildi.