Xalqimizga xos mehr- oqibat, bag’rikenglik va saxovat ifodasi bo’lib kelgan Ramazon hayiti barchamizga muborak bo’lsin!
Bu qutlug’ ayyomda barchamizni, avvalo, mana shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo ekanligi uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.
Duogo’y keksalarimizning mana shunday fazilatli damlarda el-u yurtimiz haqiga qilayotgan ezgu niyat va tilaklari ijobat bo’lsin!
Yurtimizda tinchlik-osudalik, xalqimiz orasida esa farovonlik hamisha bardavom bo’lsin!
Xonadoningizga fayzu-baraka, osoyishtalik tilagan holda yana bir bor qutlug‘ Ramazon hayiti muborak bo‘lishligini tilayman!
Hurmat bilan, Otamuradov Furqat Abdukarimovich,
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori. (https://t.me/ttatf2018)