Ichki kasalliklar, Oilaviy shifokorlikda terapiya, xarbiy dala terapiyasi va gematologiya kafedrasi tarixi
Kafedra tashkil etilgan 2022-yildan buyon asosiy maqsad sifatida kafedra xodimlarining ilmiy ishlar yo’nalishidagi vazifalari ustuvor maqsad sifatida belgilab olindi. Kafedrada ilmiy–tadqiqot ishlarini rivojlantirish, Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedrada nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ilmiy izlanuvchilar va iqtidorli talabalarni faoliyatini yuksaltirish va ilmiy salohiyatini rivojlantirish kafedraning eng birinchi maqsadlaridan hisoblanadi.
Zamonaviy ta’lim asosida malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash ta’lim jarayonini dunyo talablariga javob beradigan darajaga yetkazish va xalqaro miqyosida ta’limni rivojlantirish
O‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil taʼlim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish
Kafedrada o‘quv mashg‘ulotlarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash talabalar bilimini rivojlantirish va dars samaradorligini oshirish maqsadida qulayliklar yaratilgan bo‘lib videoproektor, elektron doska, kompyuterlardan foydalanish imkoniyatlari yaratib berilgan va to‘garaklar tashkil qilingan.
«Ichki kasalliklar, Oilaviy shifokorlikda terapiya, xarbiy dala terapiyasi va gematologiya» kafedrasining ma’naviy-ma’rifiy ishlari





