1–2 may kunlari TDTU Termiz filialida “Xirurgiya va topografik anatomiya” yo‘nalishi bo‘yicha “Talabalar olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil etildi.
Ushbu ilk bor o‘tkazilayotgan muhim ilmiy-amaliy bellashuv talabalarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etishda katta ahamiyat kasb etdi.
Tadbirda so‘z olgan filial direktori Furqat Otamuradov mazkur olimpiada nafaqat bilim sinovi, balki kelajak shifokorlarining kasbiy shakllanishida muhim bosqich ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, bunday intellektual tanlovlar muntazam ravishda tashkil etilishi va talabalar uchun barcha zarur qulayliklar yaratilishi borasida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Olimpiada jarayonlari talabalarning faol ishtiroki, sog‘lom raqobat muhiti va yuqori tayyorgarlik darajasi bilan ajralib turdi. Yoshlar o‘z bilim va mahoratini amalda sinab, kelajak kasbiga yanada ishonch bilan yondashishga ega bo‘lishdi.
“Ilm va mahorat sinovi: yosh jarrohlar bellashuvi”
- Post author:adm
- Post published:06.05.2026
- Post category:Yangiliklar
You Might Also Like
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari Talaba Yugur Marafonida!
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali hamda Surxondaryo “Zakovat” klubi hamkorligida yoʻlga qoʻyilgan TTA Termiz filiali talabalari o’rtasidagi “Zakovat” intellektual oʻyinining 1-turidan keyingi turnir jadvali!