Ayni daqiqalarda, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida xalqaro ishtirok bilan “Innovatsion biologiya hayot fanlarida: genetik, morfologik, gistologik va evolyutsion qarashlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli anjuman biologiya va tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, zamonaviy ilmiy yondashuvlar va innovatsion tadqiqot natijalarini taqdim etish, shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlar o‘rtasida tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.
Anjuman davomida genetika, morfologiya, gistologiya hamda evolyutsion biologiya yo‘nalishlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, yangi texnologiyalar va ularning amaliyotdagi ahamiyati yuzasidan ma’ruzalar tinglanmoqda.
Yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar uchun bu anjuman ilmiy salohiyatini namoyon etish va yetuk mutaxassislar bilan muloqot qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.