Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari uchun 2025/2026 o‘quv yilida ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan internaturaga qabul boshlanadi.
Unga ko‘ra, hujjat topshirish va imtihondan o‘tish jarayonida inson omili aralashuvini minimallashtirish orqali korrupsiya xavfi va elementlarini bartaraf etish maqsadida tibbiyot kadrlarini shifokorlik mutaxassisliklari bo‘yicha internaturaga o‘qishga qabul qilish uchun hujjat topshirish hamda tanlov o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.
Ushbu tartibga muvofiq, internaturaga hujjat qabul qilish jarayoni medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali faqat elektron shaklda joriy yilning 15 avgustidan 15 sentabr kuniga (shu kuni ham, soat 23:59 gacha) qadar amalga oshiriladi.
Tanlov jarayoni onlayn translyatsiya, audio va video kuzatuv nazorati ostida shu yilning 18-19 sentabr kunlari test sinovlari shaklida Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladi.
Test sinovi jarayonlari Markazning rasmiy veb-sayti https://tmbm.ssv.uz/ da onlayn translyatsiya qilib boriladi.
Ma’lumot o’rnida: Joriy yilda internaturaga jami 580 ta davlat granti asosidagi maqsadli qabul o‘rinlari ajratilgan bo‘lib, ularga 28 turdagi ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislar qabul qilinadi.
Internatura uchun davlat grantlari asosida maqsadli qabul Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida ham o‘tkaziladi:
Internaturada o‘quv jarayoni shu yilning 25 sentabr sanasidan boshlanadi.