Jamiyatimiz hayoti, insonlar o’rtasida o’zaro axborot almashish, maʻlumot olishda internet tarmog’ining ahamiyati kundan kunga ortib bormoqda.
Inson salomatligi u oziqlanayotgan suv va neʻmatlar sofligiga bog’liq bo’lganidek, shaxs dunyoqarishining sog’lomligi va ilm saviyasi o’zlashtirayotgan maʻlumot va bilimlarining manbalariga bog’liqdir.
Shu nuqtai nazardan, davrimizda internet tarmog’idan foydalanish odobi ijtimoiy odoblarning eng ahamiyatlilaridan biri hisoblanadi.
O’tkazilgan tadqiqotlarda aksar yoshlar ko’p vaqtini internetda, kompyuter o’yinlarini o’ynab o’tkazayotgani aniqlanmoqda.
Bunday yoshlar jismonan sog’lom, komil inson bo’lib ulg’ayarmikan? Ularning baʻzilari buzg’unchi saytlarga kirib, qalloblarga, fitnachilarga aldanib, hatto terrorchilarga qo’shilib qolganini ham eʻtirof etgan.
Shunday yo’l tutaylikki, internet – maʻrifat tarqatuvchi bo’lsin!
Internet — maʻrifat tarqatuvchi bo’lsin.
- Post author:adm
- Post published:21.12.2022
- Post category:Yangiliklar