Xalilov Umid Eshtemirovich

Telefon raqam:

+998902464535

Email:

feruzbek20077@mail.ru

Ishlar boshqarmasining barcha turdagi faoliyatiga rahbarlik qiladi, boshqarma xodimlarining ish faoliyatini tashkil etadi va uni nazorat qiladi;
Ishlar boshqarmasining joriy va istiqboldagi rejalarini ishlab chiqadi va boshqarma xodimlarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Boshqarmaning yil davomida olib borgan faoliyati natijasi bo‘yicha hisobotni tayyorlaydi;
Boshqarmaning ish rejasi, yo‘riqnomasi, nizomi, me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Boshqarma faoliyatini vazirlik boshqarma va bo‘limlari faoliyati bilan muvofiqlashtiradi;
Boshqa tashkilot va korxonalarga yuboriladigan hujjatlarni o‘z huquq va vakolati doirasida tayyorlaydi hamda rahbariyatga taqdim etadi;
Boshqarma xodimlari tarkibini malakali kadrlar bilan ta’minlash, xodimlar tomonidan amaldagi qonunchilik talablarini bevosita bajarilishi, ularni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amaliy ishlar qilishi, faollik ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish masalalarini bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiradi;
Boshqarma xodimlarining mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishi, xodimlar tomonidan mehnat intizomiga qat’iy rioya qilinishi hamda qo‘l ostidagi xodimlarning ijodiy tashabbuskorlik va faollikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib boradi;
Moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, mehnat samaradorligini oshirish, shuningdek topshirilgan vazifaga nisbatan har bir xodimning va jamoaning mas’uliyatini oshirishga oid masalalarni hal etishni ta’minlaydi;
Boshqarma vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat, jamoat tashkilotlari va muassasalari tadbirlarida rahbariyat ruxsati bilan ishtirok etadi;
Xodimlar tomonidan ichki tartib qoidalarga amal qilinishini, ish faoliyati davomida foydalanish uchun berilgan moddiy qiymatliklardan xodimlar ehtiyotkorlik bilan unumli foydalanilayotganligi xolatini doimiy nazorat qiladi;
Filial hududi va binolariga xodimlar hamda boshqa shaxslarning kiritilishi hamda chiqarilishi shuningdek, moddiy qiymatga ega bo‘lgan buyumlarni kiritilishi hamda chiqarilishi ustidan to‘liq nazoratni olib boradi;
Filial xodimlari tomonidan moddiy boyliklardan unumli, tejamkorlik va ehtiyotkorlik bilan foydalanilishini va moddiy boyliklarga nisbatan zarar keltirilishini oldini olish choralarini ko‘radi;
Filial balansida bo‘lgan moddiy qiymatliklarni inventarizasiya qilishda ishtirok etuvchi komissiya a’zolari ishini tashkil etadi;
Xodimlarni moddiy javobgarlik haqidagi joriy qonunlar bilan, shuningdek unga ishonib topshirilgan moddiy boyliklarni saqlash, qabul qilish, ro‘yxat asosida tarqatish, tashish bilan bog‘liq amaldagi yo‘riqnomalar, me’yorlar va qoidalar bilan tanishtiradi;
Filial balansidagi barcha moddiy qiymatliklarni yaxshi va ehtiyotkorona saqlanishiga bevosita javobgar hisoblanadi;
Boshqarma boshlig‘i vaqtinchalik yo‘q paytida xo‘jalik mudiri uning vazifalarini bajaradi;
Ishlar boshqarmasi faoliyatiga oid barcha qilingan ishlar yuzasidan vazir va vazir o‘rinbosarlariga hisobot berib boradi;
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqadi

Professorlar
0
Dosentlar
0
O'qituvchilar
0
Talabalar
0

Ishlar boshqarmasi boshlig'i