TTA Termiz filialida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo’lim boshlig’i Sh.Umarov va markaz xodimlari J.Jumayev, A.Mamadaliyev, B.Maxmudov va S.Abduvoitovlar talabalarga soʻnggi paytlarda avj olayotgan maʼnaviy tahdidlar, yoshlar hayotida ijtimoiy tarmoqlar tobora muhim oʻrin egallayotgani va undan maqsadsiz foydalanishning salbiy illatlari, yot oqimlar taʼsiridan saqlanish choralari xususida maʼlumotlar berishdi.
Shuningdek, buyuk muhaddis Imom Buxoriy asarlari taqdimoti oʻtkazilib, talabalar bilan tasavvuf olami, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiyning hayoti va boy ijodiy merosi haqida savol-javoblar tashkil qilindi. Zukko talabalarning bilimlari mehmonlar tomonidan eʼtirof etildi va ularga kitoblar sovg’a qilindi.