Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialidа “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Din ishlari bo‘yicha Termiz shahar bo‘limi xodimlari, filialning professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.
Suhbat davomida yoshlar o‘rtasida ma’naviy sog‘lom muhitni shakllantirish, diniy ekstremizm va radikalizmning oldini olish, shuningdek, sof islom ta’limotini to‘g‘ri anglash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari ma’rifat — jaholatga qarshi eng kuchli qurol ekanligini ta’kidlab, yoshlarni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga, vatanparvarlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalanishga chorladilar.