Ayni daqiqalarda, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali tibbiy biologik va kimyo kafedrasi mudiri Nazokat Muzaffarova boshchiligida bir guruh shifokorlar Qumqo‘rg’on tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli «Oboqli» oilaviy shifokorlik punktida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishmoqda.
Filial oftalmologi R.Berdiyeva, endokrinolog U.Bozorov, terapevt B. Shermatov, genekolog U. Jumayeva, kardiolog R. Qoraxonovlar tibbiy ko‘rikka muhtoj mahalla aholisini ko‘rikdan o‘tkazishib, kerakli tavsiyalar berishmoqda.