You are currently viewing Jigar transplantatsiyasi: yutuq va muammolari o‘rganildi

Jigar transplantatsiyasi: yutuq va muammolari o‘rganildi

   Jigar xastaligi Oʻzbekistonda koʻp uchraydigan kasalliklar turiga kiradi. Ushbu xastalikning eng maqbul davo chorasi esa aʼzo koʻchirib oʻtkazish, jigar transplantatsiyasi hisoblanadi. Ammo jigar transplantatsiyasi jarrohlik amaliyotining eng murakkab turlaridan biridir. U tibbiyoti taraqqiy etgan davlatlarda ham ogʻir, uzoq muddatli jarayonni talab etishi tufayli murakkab va qimmat operatsiyalardan hisoblanadi.

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori Furqat Otamuradov Turkiya Respublikasining nufuzli universitetlari qatoridan joy olgan Ege universiteti professori, jarroh (jigar bo‘yicha transplantolog) Alper Uguz bilan birgalikda Termiz shahridagi viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi, «Mashhura» va «Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi»  shifoxonalarida bo‘lib, tibbiyot muassasalari imkoniyat va mavjud shart-sharoitlar bilan tanishdi. 

   Tashrif davomida ushbu klinikalar shifokorlari bilan tajriba almashildi.

  Shuningdek, klinikalarda kelajakda jigar transplantolog jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish uchun kerakli bo’lgan shart-sharoitlarni o’rganib chiqildi.