You are currently viewing Joriy yilning 27-noyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Tibbiyot mohirlari” Xalqaro amaliy ko‘nikmalar olimpiadasi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 27-noyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Tibbiyot mohirlari” Xalqaro amaliy ko‘nikmalar olimpiadasi bo’lib o’tdi.

Talabalar yutuqlari

Ushbu xalqaro olimpiadada Filialning iqtidorli talabalari faol ishtirok etib, faxrli o’rinlarni egallashdi!

Jumladan, Tibbiy profilaktika yo’nalishi bo’yicha:

Tibbiy profilaktika yo’nalishi 3-kurs talabasi Boqiyeva Sevinch Yoqubjon qizi faxrli 3-o’rin g’olibi bo’ldi.

Terapiya yo’nalishi bo’yicha:

Davolash yo’nalishi 4-kurs talabasi Yangiboyeva Maftuna G’ofurovna “Expert in medical theory” nominatsiyasi g’olibi.

Otorinoloringologiya yo’nalishi bo’yicha:

Davolash fakulteti 5-kurs talabasi Rajabova Xolida Isoq qizi “Virtuoso of clinical skills” nominatsiyasi g’olibi.

Ushbu olimpiada ishtirokchilarga klinik vaziyatlarga yaqinlashtirilgan maxsus simulyatsion muhitda o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazish imkonini berdi.

Musobaqada O‘zbekistonning barcha tibbiyot oliygohlari bilan bir qatorda xorijiy universitetlardan kelgan jamoalar ham qatnashdi. Ishtirokchilar bir nechta asosiy yo‘nalishlarda — shoshilinch tibbiy yordam, reanimatsiya, jarrohlik amaliyotlari, klinik vaziyatlarni aniqlash va muloqot ko‘nikmalari bo‘yicha bellashishdi.