Samarqand davlat tibbiyot universiteti mezbonlik qilgan “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining VI Xalqaro olimpiadasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari ham faol ishtirok etib, faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi.
G’oliblar bilan tanishing:
Neyroxirurgiya fani bo’yicha – Pediatriya fakulteti 5-kurs talabasi Muhammadov Ozodjon Muhiddinovich 2-o’rin g’olibi;
Tibbiy kimyo fanidan 2-son davolash fakuleteti 2-kurs talabasi Elmurodov Og‘abek Otabekovich 3-o’rin g’olibi;
Dermatovenerologiya fanidan Pediatriya fakulteti 5-kurs talabasi Xudayberdiyev Humayun Fahriddin oʻgʻli 3-o’rin g’olibi;
Mikrobiologiya fanidan 2-son davolash fakulteti 2-kurs talabasi Turgʻunboyeva Umida Farxod qizi «Practical skills» nominatsiyasi g’olibi;
Normal fiziologiya fanidan 1-son davolash fakulteti 4-kurs talabasi Alamov Kamronjon Nematjonovich «The most erudite participant» nominatsiyasi g’olibi;
Tibbiy biologiya fanidan 2-son davolash fakulteti 2-kurs talabasi Shozodova Setora Mirzohid qizi «Scientific approach to solving the problem» nominatsiyasi g’olibi;
Nevrologiya fanidan 1-son davolash fakulteti 5-kurs talabasi Bozorova Bibiodina Sherali qizi «Absolute champion» nominatsiyasi g’olibi;
Sud tibbiyoti fanidan 2-son davolash fakulteti 5-kurs talabasi Axmadova Durdona Kamol qizi «Avicenna’s disciple» nominatsiyasi g’olibi;
Pediatriya fanidan Pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi Nuraliyeva Madina Ergash qizi «The top of knowledge» nominatsiyasi g’olibi;
Farmakologiya 2-son davolash fakulteti 4-kurs talabasi Muhammadiyeva Sojida Shavkat qizi «The trumpg of reason» nominatsiyasi g’olibi.
Talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz! Siz bilan faxrlanamiz!