Bugun TDTU Termiz filialida bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash, ularni ish bilan ta’minlash imkoniyatlari hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida “Karera kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat bandlik bo‘limi, viloyat, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari vakillari hamda bank sohasi mutaxassislari ishtirok etib, talabalarga mavjud ish o‘rinlari, mehnat bozoridagi talablar va zamonaviy kasbiy ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan yoshlarni ishga joylashtirish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar hamda qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
“Karera kuni” kabi amaliy tadbirlar bitiruvchi yoshlarning kelgusi faoliyatini aniq belgilash hamda o‘z kelajagini ishonch bilan qurishiga xizmat qiladi.