You are currently viewing Kasaba uyushmasi tomonidan ishchi-xodimlar uchun Xorazm viloyatiga sayohat uyushtirildi.

Kasaba uyushmasi tomonidan ishchi-xodimlar uchun Xorazm viloyatiga sayohat uyushtirildi.

    Shu munosabat bilan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 10 nafar xodimlari ko’hna Xorazm viloyatining Xiva shahriga sayohatga yo’l olishdi.

    Xiva shahriga qilingan sayohat davomida, filial jamoasi me’moriy yodgorliklar “Ichan-Qal’a”, “Tosh hovli”, “Deshon Qal’a”da bo’lishdi.

   Ushbu sayohat ichki turizmni rivojlantirish, mamlakatimizning qadimiy va tarixiy meroslari bilan tanishish maqsadida tashkil qilingan bo’lib, filial jamoasida katta taassurotlar qoldirdi.