You are currently viewing Kecha Toshkent tibbiyot  akademiyasi  Termiz  filialiga O`zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlari Harbiy  tibbiyot  akademiyasidan bir qancha mas’ullar tashrif buyurib seminar o`tkazishdi.

Kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasidan bir qancha mas’ullar tashrif buyurib seminar o`tkazishdi.

  Seminarda TTATF professor – o`qituvchilari hamda talaba- yoshlar ishtirok etishdi.

   O`tkazilgan seminarda so`z olganlar Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasida qilingan shart – sharoitlar, o`qish tartibi, unda olib borilayotgan ishlar hamda ta’lim jarayonida xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg`or pedagogik va innovasion tibbiyot texnologiyalar keng joriy etilganligi haqida to`xtalib o`tishdi.

  Bundan tashqari tashrif buyuruvchilar beshinchi kurs talabalarini Harbiy tibbiyot akademiyasiga o`qishga taklif etishdi.

   Ham shifokorlik, ham harbiylik kasbini sidqidildan bajarish imkoniyati borligi talaba – yoshlarda qiziqish uyg`otdi.