Sog‘liqni saqlash vazirligi 2023-yil 25-iyul 19183-son ko‘rsatma xatida belgilangan Surxondaryo viloyatidagi 892 nafar oilaviy shifokorlarni hamkorlikda o‘qitishda amaliy yordam berish uchun Vrachlar malaka oshirish kafedrasi bilan kelishilgan holda 2023-yil sentabr oyidan boshlab reja asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Vrachlar malakasini oshirish kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent R.K.Dadabayeva oilaviy shifokorlarni o‘qishini tashkillashtirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga tashrif buyurdi hamda filial talabalariga «Kislotaga bog’liq kasalliklarni tashxislash va davolashga yondashuv» mavzusida seminar o’tkazdi.