You are currently viewing Kitob — ma’rifat manbai: TDTU Termiz filialida kitoblar yarmarkasi

Kitob — ma’rifat manbai: TDTU Termiz filialida kitoblar yarmarkasi

kitob

Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, talabalar hamda keng jamoatchilik o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali hududida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda filialning professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba yoshlari faol ishtirok etib, tibbiyot, badiiy adabiyot, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi turli xil kitoblar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Yarmarkaning asosiy afzalliklaridan biri — kitoblarni qulay va arzon narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratilgani bo‘lib, bu esa yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.