You are currently viewing Kitob- xazina, bilim- boylik

Kitob- xazina, bilim- boylik

Kitob – tuganmas xazina, undan olgan bilimlarni umrning oxirigacha ham sarflay olmaymiz.

Talabalarni kitob mutolaasiga qiziqishini yana-da oshirish maqsadida, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida kitobxonlik tadbirlari muntazam o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha filialning axborot resurs markazida “Kitob- xazina, bilim- boylik” mavzusida tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda professor – o‘qituvchilar, axborot resurs markazi xodimlari hamda talaba- yoshlar ishtirok etishdi.

Unda filial axborot resurs markaziga kelgan yangi adabiyotlar hamda professor –o‘qituvchilar tomonidan yozilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Shubhasiz, kitob o‘qish maʼnaviy olamni boyitadi, so‘zlashuv madaniyatini oshiradi. Zero, kitob – tuganmas xazina.