Telefon raqam:
Email:
- Telegram
1.O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, direktor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
2.O‘quv muassasasi bilan klinik bazalar, xususiy klinikalar va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish.
3.Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
4.Bo‘lim faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
5.O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
6.Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq bo‘lgan farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish;
7.Muassasaning mol-mulkini avaylash va undan oqilona foydalanish;
8.Muassasa jamoasining a’zolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
9.Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
10.Bo‘limning kirim va chiqim hujjatlarini rasmiylashtirish;
11.Ish faoliyatida zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.
12.Filialda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
Bilishi kerak:
O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, filialning ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarini bilish.
Malaka talablari:
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishi, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur;
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.