You are currently viewing Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlandi!

Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlandi!

  Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filiali klinik ordinaturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul boshlanganligini e’lon qiladi! Qabul O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 17-iyuldagi 238-sonli buyrug’iga asosan amalga oshiriladi.

  Qabul kvotasi ilova qilinadi.

Klinik ordinatura (rezidentura) orqali tibbiyot kadrlarni 2024/2025 O‘quv yilida tayyorlash bo‘yicha quyidagi hujjatlarni topshirish so‘raladi:

  1. Rektor nomiga ariza;
  2. Diplom (ilovasi bilan);
  3. 086-U tibbiy ma’lumotnoma;

  Hujjatlarni qabul qilish faqat ONLAYN tarzda orqali ordinatura.ttatf.uz saytida amalga oshiriladi. (hujjat topshirishda har bir talabgor o’ziga tegishli telefon raqamidan foydalanishi va ushbu telefon raqami doimiy ishlab turishi shart)

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call markaz: 9:00 – 18:00 (Dushanba-shanba)

+99891-966-64-64 Mustanov Javohir Abdusamatovich

+99890-505-14-50 Hamrayev Akbar Xayrulloyevich

  Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul joriy yilning 20-avgustiga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

  Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul tanlangan mutaxassislikka mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari fanlari negizida kirish sinov imtihonlari test shaklida o’tkaziladi.