You are currently viewing Korrupsiya kelajakka tahdid

Korrupsiya kelajakka tahdid

TTA Termiz filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ 300-son qarori talablariga muvofiq, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

«Korrupsiya kelajakka tahdid» mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida talabalar «Korrupsiyaga qarshi kurashish» to‘g‘risidagi Qonun mazmun mohiyati, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida fikr yuritishdi.

Shuningdek, davra suhbatida talabalar tomonidan korrupsiyaga qarshilik belgisini bildiruvchi fleshmob o‘tkazildi.