Kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida professor – o‘qituvchilar hamda talaba – yoshlar ishtirokida “Korrupsiya – tarraqqiyot kushandasi” va “Kiberxavsizlik davr talabi” mavzularida tadbir tashkil etildi.
Unda Viloyat IIB huzuridagi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar mayyor Feruz Aliboyev kapitan Abbos Sattarov, filial Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Eryigitov va bo‘lim bosh mutaxassisi Avazjon Abdullayev qatnashishdi.
Tadbirda so‘z olganlar korrupsiya jamiyat uchun xavfli illat ekanligi, qolaversa taraqqiyotga doimo rahna solishi borasida fikr bildirishdi.
Shundan so‘ng yig‘ilganlarga mavzu doirasida video roliklar namoyish etildi.