Korrupsiya so‘zi lotincha «corruptio» so‘zidan olingan bo‘lib “Evrilish”, “Buzilish” degan ma’nolarni anglatadi.
Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
Korrupsion holatlarga duch kelsangiz quyidagi ishonch telefon raqami +998 99-544-45-35 va telegram botga @ttatf_anti_corbot murojaat qilishingiz mumkin.