Saralash bosqichida 8 ta viloyat oliy ta’lim muassasalaridan jami 12 ta jamoa bellashishdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining «Medstars» jamoasi ham ushbu saralash bosqichida ko’tarinki kayfiyat ulashib ishtirok etishdi. Saralash bosqichi yakunlangandan so’ng ekspert hakamlar tomonidan chorak final ishtirokchilari ma’lum qilinadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi nomidan «Medstars» jamoasiga omad tilab qolamiz!