TTA Termiz filiali pediatriya fakulteti stomatologiya yònalishi talabalari Termiz shahrida joylashgan Adib Sobir Termiziy nomidagi markaziy kutubxonaga tashrif buyurishdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirish kitobxonlikni keng targ‘ib qilish orqali yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdan iboratdir.