TTATFga O’zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari: Shuhrat Orif, Dadaxon Muhammadiyev tashrif buyurdi.
Shoir, dramaturg, kinodramaturg va nosir Usmon Azim TTA Termiz filiali bilan tanishar ekan, Surxondaryoda tibbiyot oliygohini ochilishi chinakam bir mo‘jiza ekanligini alohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng, xalqimiz sevgan shoirlar filial talaba- yoshlari bilan birgalikda ko‘chat o‘tkazishdi.
“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida o‘tkazilgan bu nihollar kun kelib kelajak bog‘lari barpo bo‘lishida asos bo‘lishini aytib o‘tishdi.
O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Shuxrat Orif, Dadaxon Muhammadiev tashrifi davomida filialning o‘quv jarayonlari, labaratoriya jihozlari, talabalarning amaliyot o‘tashiga ko‘mak beradigan mulyajlar bilan tanishishdi.
Bundan tashqari tashrif buyuruvchilarga filial direktori tomonidan yangi qurilishi tugallanish jarayonida turgan 1500 o‘rinlik bino haqida ma’lumot berildi.
Suhbat davomida talaba-yoshlarga shifokorlik sharafli va mas’uliyatli kasb ekanligi, inson hayoti hammasidan muhimligi, buning uchun tinimsiz o‘qish o‘z kasbining fidoyisi bo‘lish lozimligi borasida fikrlar bildirildi.