Mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” yangrab, bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu tadbirlarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.Otamuradov ham o‘ziga biriktirilgan Termiz shahridagi 11-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchi sinf o’quvchilariga yo’llangan tabrigini tantanali o’qib eshittirdi.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida katta hayot ostonasiga ilk qadam qo‘yayotgan yoshlarga puxta bilim bergan ustozlar, ota-onalar va tadbir ishtirokchilari o‘zlarining qimmatli maslahatlarini berishib, bitiruvchilarga oq yo‘l tilashdi.
Tadbir so‘ngida o‘tgan o‘quv yili sarhisob qilinib, sport musobaqalari, musiqa tanlovlari, bilimlar bellashuvi va umuman maktab hayotida faol ishtirok etgan faol iqtidorli o‘quvchilar hamda fidoyi o‘qituvchilar taqdirlandi.