You are currently viewing Mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” tanlovi o‘tkazib kelinyapti.

Mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” tanlovi o‘tkazib kelinyapti.

  Kecha «Yil ayoli» hamda «Gender tenglik faoli» tanlovlarining viloyat bosqichi g‘oliblarini  tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

  Mazkur tanlovning viloyat  bosqichida Toshkent  tibbiyot  akademiyasi Termiz filiali bosh auditori Gulshoda Turdiqulova «Yilning eng sog’lom turmush tarzi targ’ibotchisi » nominatsiyasi bo’yicha g‘olib bo‘lib, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Gulshoda Turdiqulova “Yil ayoli” tanlovining  respublika bosqichini qo‘lga kiritdi.