You are currently viewing Ma’naviyat sektori amalda

Ma’naviyat sektori amalda

     Davlatimiz rahbari yaqinda Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ma’naviyat sektori faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar bergan edi.

   Ayni paytda jarayonning yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha joylarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

  Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Yoshlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Rahmonov ma’naviyat sektori faoliyati bo‘yicha Angor tumanidagi “Navbahor” mahallasida, tuman madaniyat bo‘limida hamda 1- sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ma’naviyat sektori faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ul shaxslar bilan uchrashdi.

   Uchrashish jarayonida A.Rahmonov tomonidan ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash darajasi, shu jumladan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati, uzluksiz ta’lim-tarbiya, jamoatchilik nazorati, mahalla, tashkilot va idoralarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyati o‘rganildi va bu borada kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.