Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali rahbariyati tomonidan tuzilgan ishchi guruh Angor tumanidagi maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda tibbiyot birlashmasida bo‘lib «Ma’naviyat sektori» faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar bilan tanishdi.
Tanishish jarayonida filial ishchi guruhi tomonidan joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash darajasi, shu jumladan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati, uzluksiz ta’lim-tarbiya, jamoatchilik nazorati, mahalla, tashkilot va idoralarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyati o‘rganildi va bu borada kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.