You are currently viewing Maqsad sari ilk qadam

Maqsad sari ilk qadam

    TTA Termiz filialida rahbar xodimlar, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar ishtirokida «Birinchi kurs maktabi» doirasida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

      Filial professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda pediatriya fakulteti 1-kurs talabalari ishtirok etgan tanishtiruv haftaligi tadbirida so‘z olganlar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari, filial hayotiga tegishli bo‘lgan barcha tartib-nizomlari va shu kabi zaruriy axborotlar haqida ma’lumot berishdi.

     Shuningdek, filial psixologi tomonidan “Talabalik sari ilk qadam” mavzularida psixologik treninglar o‘tkazildi. Bu kabi uchrashuvlar talabalarga yuqori kayfiyat o‘qishga bo‘lgan qiziqishining yanada ortishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.