Zamondosh shoir va yozuvchilar, adabiyot darg‘alari respublikamiz bo‘ylab “Ma’rifat ulashib” dasturi doirasida barcha oliy va umumta’lim dargohlarida yoshlar bilan uchrashmoqdalar. Ma’rifat karvoni TTA Termiz filialiga yetib keldi.
Filial rahbariyati, professor o‘qituvchilar va talabalar Nurboy Jabborov, Axtamqul Karimov hamda Nabi Jaloliddin kabi adabiyotimiz darg‘alarini ko‘tarinkilik bilan kutib olishdi.
Shundan so‘ng mehmonlar filial faoliyati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.
Tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan ijodkorlar va yoshlar uchrashuvi adabiyot ixlosmandlariga manzur bo‘ldi.
Tashrif chog‘ida mehmonlar filial bog‘iga yangi nihol ekib, oliygoh uchun ko‘p yillar xizmat qila oladigan esdalik qoldirdi.
“Ma’rifat ulashib” dasturi doirasida filial ARMda ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.