Kuni kecha Sportning shaxmat turi bo‘yicha 19 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida Surxondaryo viloyat ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali bosh auditori Gulshod Turdiqulova 2-o‘rinni egalladi va O’zbekiston chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
TTATF jamoasi nomidan chempionimizni ushbu yutug‘i bilan muborakbot etamiz. Kelgusi ishlariga omad tilaymiz.

