“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, ezgu maqsadlar sari birgalikda qadam tashlaymiz!”
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tashabbusi bilan boshlangan ezgulik va mehr-oqibat chellenji tobora keng quloch yoymoqda.
Mazkur xayrli tashabbusga Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari ham munosib hissa qo‘shmoqda. Filial jamoasi tomonidan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, e’tibor va g‘amxo‘rlik ulashish kabi ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunday savobli amallar inson qalbiga iliqlik, xonadonlarga quvonch olib kirishi bilan birga, xalqimizning birdamligi va hamjihatligini yanada mustahkamlaydi.
Zero, birlik bor joyda — baraka, mehr bor joyda — fayz bor!