Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari ishtirokida “Milliy armiya – bizning sharafimiz va gʻururimiz” shiori ostida Termiz shahar harbiy gospitaliga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy armiyamizga hurmat va faxr tuygʻularini mustahkamlash, shuningdek, harbiy tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnati bilan yaqindan tanishish maqsadida oʻtkazildi.
Sayohat davomida talabalar gospital faoliyati, zamonaviy tibbiy jihozlar, harbiy xizmatchilarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar, shuningdek, shifokorlarning mas’uliyatli va sharafli kasbi haqida batafsil ma’lumotlarga ega boʻldilar.
Tadbir yoshlar qalbida Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligi, tinchlik va osoyishtalik yoʻlida xizmat qilayotgan harbiylarimizga boʻlgan cheksiz hurmat va ehtirom tuygʻularini yanada oshirdi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.