You are currently viewing Muomala madaniyati va axloq

Muomala madaniyati va axloq

   Inson hayotda yashar ekan, boshqalar bilan muomalada bo‘ladi. Odamlar o‘rtasidagi munosabatni belgilaydigan muomala va axloq inson yuragini ko‘zguda aks etgandek namoyon etadi.

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali psixologi, xotin qizlar kengashi raisi, ishchi xodimlari hamda talaba – yoshlari ishtirokida “Muomala madaniyati va axloq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida kishining so‘zidan, muomalasidan va xulq – atvoridan uning qanday odam ekanligini bilib olish mumkinligi, inson kamolotida, hayot rivojida, ish yuritishda, odamlar sihat – salomatligini muhofaza qilishda muomala va axloq asosiy omil ekanligi borasida fikrlar aytildi.