TDTU Termiz filiali talabalari yorqin g’alaba sohiblari.
Surxondaryo viloyati Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Yoshlar ittifoqi koordinatorlari hamda “Qalqon” jamoalari ishtirokida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz va hayajonli lahzalarga boy bo‘lgan o‘yinlarda jamoalar bor mahoratlarini namoyish etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra shohsupani quyidagi jamoalar egalladi:
1-o‘rin: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali jamoasi;
2-o‘rin: Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi;
3-o‘rin: TDTU Termiz filiali “Xalqaro” fakulteti jamoasi.
Barcha g‘olib va sovrindorlarni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari nafaqat o‘qishda, balki sportda ham peshqadamlikni isbotlashdi.