Ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda muzeylarning o‘rni nihoyatda beqiyos.
Zero, muzeylarda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo‘lyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak ma’naviyatidan hikoya qiladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 1- son davolash fakulteti jamoasi O‘rta Osiyoda yagona hisoblangan аrxeologiya muzeyiga sayohat qilishdi.
Bu kabi sayohatlar talaba-yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, e’zoz va muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘usini ham shakllantiradi.