TTA Termiz filiali »O’zbek va xorijiy tillar» kafedrasi jamoasi shahrimizning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishdi.
Jumladan, kafedra mudiri boshchiligida »O’lkashunoslik» muzeyiga amalga oshirilgan sayohat qatnashchilarga katta taassurot qoldirdi.
Muzeydagi mahalliy oʻlkaning qadim zamonlardan 20-asr boshlarigacha boʻlgan insoniyat, hayvonot va nabodat tarixini o’zida mujassam etgan eksponatlar tashrif buyuruvchilarga ushbu tarix haqida qiziqarli ma’lumotlarni olishga yordam berdi.