Mamlakatimizda Buyuk mutafakkir so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.Shu munosabat bilan Termiz shahrida qadrostlagan Alisher Navoiy monumenti yonida tadbir tashkil qilindi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari, yozuvchi va shoirlar, professor – o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori Furqat Otamuradov boshchiligidagi filial jamoasi ham Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘yishib, Navoiy siymosiga hurmat bajo keltirishdi.
Tadbirda so‘z olganlar, mumtoz adabiyotimizda Alisher Navoiy ijodining yuksakligini alohida e’tirof etishdi.
Shundan so‘ng, Navoiy siymosini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. G‘azallaridan qo‘shiqlar aytildi.