You are currently viewing O‘qituvchining ijodkorligi talabani izlanishga undaydi.

O‘qituvchining ijodkorligi talabani izlanishga undaydi.

   Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor – o‘qituvchilari uchun jamoada doimiy shaxslararo munosabatni amalga oshirish va jamoadagi ijtimoiy muhitni aniqlash maqsadida davra suhbati o‘tkazildi

   Davra suhbatida so‘z olganlar o‘qituvchilar jamoasidagi ijodiy muhit ta’lim sifatini oshirishga, mustaqil fikr egalarini tarbiyalashga, keng mushohadagi shaxs ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qilishi haqida fikr yuritishdi.

   Bundan tashqari ta’lim samaradorligiga erishish talaba bilan ishlash jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ekanligi ta’kidlandi.

Bu borada filial psixologi ma’ruzasi tinglandi.

Davra suhbati bahs munozaralar hamda savol javoblarga boy tarzda o‘tdi.