Bozarova Mahbuba Ishquvvatovna
Telefon raqam:
+99891 587 11 60
Email:
Bozorovamahbuba@gmail.com
- Telegram
O‘quv jarayoniga oid me’yoriy hujjatlarni sifatli tayyorlanishini ta’minlash va o‘quv jarayoniga to‘laqonli tadbiq etish;
O‘quv jarayonini sifatli tashkil qilish, o‘quv ishlarini uslubiy jihatdan taʼminlash va takomillashtirish;
O‘quv rejasiga Davlat taʼlim standartlariga mos ravishda o‘zgartirishlar kiritib borish, turdosh oliy taʼlim muassasalariga amaliy yordam ko‘rsatish;
TTA Termiz filialida o‘quv rejasi va dasturlar asosida o‘quv-tarbiya ishlarini amalga oshirish;
O‘quv yillari uchun o‘quv jarayoni jadvali, dars jadvallarini tuzish;
O‘quv jarayoniga talabalar bilimini baholash va nazorat qilish bo‘yicha reyting tizimini, test nazorati va boshqa o‘quv jarayoni sifatini oshiruvchi samarali, progressiv usullarini tatbiq etish;
TTA Termiz filiali hududidagi va joylardagi kafedralar, auditoriya fondlari va maʼruza zallaridan to‘g‘ri foydalanishni taʼminlash va nazorat qilish; Talabalarning o‘zlashtirishi bo‘yicha xulosalar chiqarish, joriy o‘zlashtirish va Yakuniy Davlat attestatsiyasi natijalarini tahlil qilish va ular asosida TTA Termiz filiali bo‘yicha Ilmiy Kengashga hisobot tayyorlash;
TTA Termiz filiali Ilmiy Kengashi, maʼmuriyat majlislari, Ilmiy- uslubiy hayʼatga o‘quv ishlari bo‘yicha maʼlumotlar va qarorlar loyihasini tayyorlash;
O‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotlarning buyruqlari, qarorlari, yo‘riq xat, ko‘rsatma va tavsiyalarini hamda ilmiy va maʼmuriyat kengashi qarorlarini, direktor va direktor o‘rinbosarlari buyruq, farmoyish va joriy ko‘rsatmalarini dekanat, kafedra va TTA Termiz filialining boshqa bo‘limlariga yetkazish va ijrosini nazorat qilish;
O‘quv jarayoni va uning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
Muddatli buyurtmalar:
Professor-o‘qituvchi jurnali, maʼruzalarni qayd etish jurnali, o‘qituvchining shaxsiy ish rejasi, reyting daftarchalari, talabalik guvohnomasi va o‘quv blankalari bilan tegishli bo‘limlar va kafedralarni taʼminlanishini nazorat qilish;
Kafedra va fakultetlarda o‘quv ishlariga mutasaddilar bilan o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot-kompyuter va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davriy ravishda seminarlar, konsultatsiyalar tashkil etish;
Talabalar kontingentini aniqlash;
Dekanatlar va kafedralarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini nazorat qilish va h.k.