O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi tarixi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi Xalqaro ta’lim fakultetiga qarashli bo‘lib 1-o‘quv korpusining 4-qavatida joylashgan. Unda “Yosh tilshunoslar”, “Русское слово”, “We learn English”, “English atmosphere”, “Medicus” to‘garaklarida til sohasida qiziquvchi ko‘pgina talabalarimiz kafedra xodimlari bilan birgalikda til to‘garaklarida qatnashishadi va “Talabalar ilmiy jamiyati” a’zosi sifatida o‘quv va ilmiy anjumanlarda qatnashib kelishmoqda.
Kafedra xodimlari Denov tumani joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi bilan hamkorlik ishlarini amalga oshirishadi. Hozirgi vaqtda kafedramizda 17 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shulardan 5 nafari tashqi o‘rindoshlik, 1 nafari filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) tashqi o‘rindosh asosida ishlovchi tibbiyot xodimi, 1 nafari ichki o‘rindosh, 1 nafari filologiya fanlari falsafa doktori dotsent, 2 nafari katta o‘qituvchi, 7 nafari assistent lavozimlarida ish olib borishadi. Kafedra xodimlarining o‘rtacha yoshi 43 yosh.
Hozirda kafedrada faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar ilmiy daraja olish uchun quyidagi ilmiy ishlar bilan shug‘ullanmoqda:
1.Ermatova Rano Omonovna-13.00.02 Tibbiyot yo‘nalishidagi talabalariga terminologik leksikani o‘qitish nazariyasi va amaliyoti metodikasi,
2.Payg‘amova Zulfiya Xushbokovna-10.00.06 Термины инфекционных заболеваний в русском и узбекском языках.
3.Atamuratova Munira Maxamadiyevna-13.00.02 Tibbiyot talabalariga ingliz tilini o‘qitishda pragmatic kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirish.
4.Murtazayeva Xadicha Nuriddinovna-10.00.06 Ingliz va o‘zbek tillarida bolalar kasalliklari bilan bog‘liq terminlar.
5.Kurbonova Go‘zal Abduraximovna -10.00.06 Rus va o‘zbek tillarida chorvachilik terminlarining chog‘ishtirma tadqiqi (leksikografik manbalar asosida)
6.Himmatova Nodira Normamatovna-19.00.05 Umum ta’lim maktablardagi alohida ehtiyojga muhtoj o‘quvchilar ijtimoiylashuvining psixologik xususiyatlari .
7.Djumayev Alisher Temirovich-10.00.06 Оксюморон как приём констрастности и противопоставления в русском и узбекском языках.




