Bugun 9-iyul, erta tong soat 8:00 dan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialidagi 271-sonli saylov uchastkasida prezidentlikka saylov jarayoni boshlandi
Unda filial direktori F.A.Otamuradov boshchiligida barcha xodimlar faol ishtirok etib, o’zlari loyiq deb bilgan nomzodlarga ovoz berishmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talaba-yoshlari o’z huquqlaridan foydalangan holda, o’zlari munosib deb topgan nomzodlariga ovoz berishmoqda.
Saylovda ovoz berish 8:00 dan 20:00 gacha davom etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o’qituvchilari hamda ma’muriyat xodimlari faol ishtirok etdilar va o’zlari munosib deb topgan nomzodlariga ovoz berdilar.
Mamlakatimiz kelajagiga barchamiz mas’ulmiz!
Bugun mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boshlandi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining , Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi — Boboyorov Sardor o‘zining oila a’zolari bilan birgalikda, Angor tumanidagi 130-saylov uchastkasida Vatan istiqboli, millat kelajagi, xalq farovonligi, mamlakat taraqqiyoti uchun munosib nomzodga ovoz berdi…