Umumxalq xayriya obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hasharida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hududi begona o‘tlardan tozalandi, daraxtlarning ortiqcha shox-shabbalari kesildi va oqlandi, ko‘chatlar ekildi, filial atroflari supurilib, suvlar sepildi.
O‘quv binolari va talabalar turar joylarining atroflarida tozalik va ta’mirlash ishlari olib borildi.