You are currently viewing Ochiq muloqot

Ochiq muloqot

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Boshqaruv samaradorligi agentligi Surxondaryo viloyati filiali masʼul xodimlari tomonidan bitiruvchi talabalar bilan “Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo‘l” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda yoshlarga davlat fuqarolik xizmati tizimi, vakant lavozimlarga qabul qilishning adolatli va shaffof tanlov jarayonlari, shuningdek davlat xizmatchisiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Agentlik vakillari taʼkidlaganidek, vacancy.argos.uz orqali eʼlon qilinayotgan vakant lavozimlarning qariyb 75 foizi tibbiyot sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bois, bitiruvchi talabalar uchun bu — ishga joylashish va karyera boshlashda muhim imkoniyatdir.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarga davlat xizmatiga keng yo‘l ochish, ularga amaldagi imkoniyatlar va yangiliklar haqida tushuncha berishdan iborat.